24 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
24.07.2021
MUHIM HODISALAR
24-26 iyulda O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga, issiq ko‘tarilishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 4-6o ga yuqori bo‘ladi.
Kunduz kunlari havo 40-43o gacha, janubda va cho‘l hududlarda 45-46o gacha isiydi.
25-27 iyulda respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-44o, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 45-46o gacha bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 40-42o bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-33o bo‘ladi.