DAM OLISH KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

DAM OLISH KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

13.01.2023

DAM OLISH KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

DAM OLISH KUNLARI SOVUQ ASTA-SEKIN

KUCHSIZLASHA BOSHLAYDI

 

Bugun O‘zbekiston hududi Qozog‘istonning sharqiy hududlari ustida joylashgan keng va juda sovuq antisiklonning janubi-g‘arbiy chekkasida (periferiya) joylashgan. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qatlamsimon bulutlardan ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunning ikkinchi yarimda 7-12o sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Shanba kuni havo harorati kechasi 12-17o sovuqni, ba’zi joylarda 20o sovuqgachani, kunduzi 5-10o sovuqni, ba’zi joylarda 12o sovuqgachani tashkil etadi. Yakshanba kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan iliq havo kirib kelishi boshlanadi, u antisiklonning sovuq periferiyasini ortga sura boshlaydi.

Yakshanba kuni havo biroz iliqlashadi, kechasi 12-17o sovuq, kunduzi
5-10o sovuq bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.

Buning hisobiga yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. O‘zgidromet ehtiyot bo‘lishni tavsiya qiladi. 13-16 yanvar kunlari qor ko‘chishi xavfi ortishi sababli tog‘li hududlarga borish tavsiya etilmaydi.