13 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
13.01.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 13-15 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi saqlanib turadi.
13-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17o sovuqgacha, ba’zi joylarda 20o sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10o sovuqgacha, 13-14 yanvarda ba’zi joylarda 12 o sovuqgacha pasayadi.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.
13-16 yanvarda O’zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish havfi bor.
13 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchsiz qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12o sovuq bo’ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, ertalab kuchsiz qor yog‘ishi mumkin, ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12o sovuq bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor yog’ishi mumkin. Qor ko’chish xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15o sovuq bo‘ladi.