24-26 iyulga ob-havo prognozi Ushbu haftaning oxiri va keyingi haftaning boshida havo juda issiq bo‘ladi
23.07.2021
Bugun O‘zbekistonda o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo harorati 37-40o gacha, shimolda, janubda, cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 41-43° gacha isiydi.
Respublika hududining katta qismida havo bulutsiz bo‘ladi.
Faqat Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida bulutlilik ko‘payishi kutilmoqda, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Eron hududlaridan juda issiq havo kirib kelishi hisobiga 24-26 iyul kunlari O‘zbekistonda havoda issiq ko‘tarilishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 4-6o yuqori bo‘ladi.
Kunduz kunlari havo harorati 41-44o gacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 45-46o gacha isiydi.
Vaqti-vaqti bilan shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ushbu kunlarda respublikaning barcha hududlarida havo kam bulutli bo‘ladi.