O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha 10-13-yanvarga ob-havo prognozi

O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha 10-13-yanvarga ob-havo prognozi

10.01.2023

O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha 10-13-yanvarga ob-havo prognozi

9-10-yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismining shimoliy hududlari ustida shakllangan juda sovuq havo massasi kirib kelishi boshlandi.

Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida qor yog‘adi, respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarini ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi.

11-yanvarda faqat respublikamizning markaziy va sharqiy hududlarida jadalligi asosan biroz bolgan qor yogishi saqlanib turadi.

Keyinchalik hafta oxirigacha Ozbekistonning barcha hududlari boyicha asosan yogingarchiliksiz ob-havo bolishi kutilmoqda.

10-11-yanvar kunlari Surxondaryo viloyati va Fargona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, bazida esa 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Sovuq havoning kirib kelishi Ozbekistonning barcha hududlari boyicha haroratning sezilarli darajada pasayishiga sabab boladi.

Haftaning ortasiga kelib, harorat kechalari 12-17o sovuqgacha, bazi joylarda 20o sovuqgacha, kunduz kunlari
5-10o sovuqgacha, bazi joylarda 12o sovuqgacha pasayadi. Eng kuchli sovuq respublika shimolida - kechalari 20-25o sovuqgacha, Ustyurtda va Navoiy viloyatining chol hududlarida 27-30o sovuqgacha, kunduz kunlari 7-12o sovuqgacha bolishi kutilmoqda.

Ushbu haftaning oxirigacha anomal (g‘ayritabiiy) sovuq ob-havo saqlanib turadi.

O‘zbekiston bo‘yicha eng past harorat qiymatlari so‘ngi marta 2008-yilning yanvar oyida kuzatilgan. Respublika hududi bo‘yicha harorat 17-22o sovuqgacha, ba’zi joylarda 24-26o sovuqgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va cho‘l hududlarda 30-33o sovuqgacha pasayishi qayd etilgan. O‘sha yilda Toshkentda minimal harorat 17,4o sovuqni tashkil etgan.

1972, 1973, 1974 va 1977-yillarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yanada qattiq sovuqlar kuzatilgan. Shimolda va cho‘l hududlarda bu yillarda harorat 33-38o sovuqga yetgan. Toshkentda 1974-yilning yanvar oyida havo harorati 18,6o sovuqgacha pasayishi qayd etilgan.