9 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

9 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

09.01.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.

9-11 yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

9-10 yanvarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

10-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17 sovuqgacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqgacha; shimolda kechalari 17-22 sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 25-27 sovuqgacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqgacha pasayadi.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.

9-10 yanvarda O’zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish havfi bor.

 

9 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7o iliq, shimolda 5-10o sovuq bo’ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumikn. Harorat 4-6o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayiқрш mumkin. Harorat 0-5o sovuq bo‘ladi.