TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT
07.01.2023

2023-yil 9-11-yanvar kunlari:
A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni xududida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi 1 –20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin;
M-39 “Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining Samarqand
va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi “Taxtaqoracha” (Kitob) dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi 17–22 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.