9-12 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

9-12 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

07.01.2023

9-12 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 10 yanvarda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq, 11-12 yanvarda kechasi 17-22° sovuq, Ustyurtda 25-27° sovuqgacha, kunduzi 5-10° sovuq bo’ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 9 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 10 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’adi. 11-12 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 10 yanvarda kechasi va kunduzi 3-8° sovuq, 11-12 yanvarda kechasi 13-18° sovuq, kunduzi 4-9° sovuq, Navoiy viloyatining shimolida 9 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 10 yanvar kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq, 11-12 yanvarda kechasi 17-22° sovuq, cho’l hududlarda 25-27° sovuqgacha, kunduzi 5-10° sovuq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 9 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 10 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’adi. 11-12 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 10 yanvarda kechasi va kunduzi
0-5
° sovuq, 11 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, ba’zi joylarda 17° sovuqgacha, kunduzi 3-8° sovuq, 12 yanvarda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 9 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 10 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’adi. 11-12 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10 iliq, 10 yanvarda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 11-12 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 9 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 10-11 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’adi. 12 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 10 yanvarda kechasi va kunduzi
0-5
° sovuq, 11-12 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo oʻzgarib turadi, 9-11 yanvarda vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. 12 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq, 10 yanvarda kechasi va kunduzi 3-8° sovuq, 11-12 yanvarda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq bo‘ladi