7 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 6 yanvar soat 20 dan 7 yanvar soat 20 gacha

7 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 6 yanvar soat 20 dan 7 yanvar soat 20 gacha

06.01.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.
9-11 yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
9-10 yanvarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
10-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17 sovuqgacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqgacha; shimolda kechalari 17-22 sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 25-27 sovuqgacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqgacha pasayadi.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.
6-10 yanvarda O’zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish havfi bor.

7 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 6 yanvar soat 20 dan 7 yanvar soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° iliq, kunduzi 12-14° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko’chish xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo’ladi.