6 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
06.01.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.
9-11 yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
9-10 yanvarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
10-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17 sovuqgacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqgacha; shimolda kechalari 17-22 sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 25-27 sovuqgacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqgacha pasayadi.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.
6-10 yanvarda O’zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish havfi bor.
6 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Farg‘ona vodiysi viloyatlariga tuman tushadi.Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12o iliq bo’ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-12o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 5-10o iliq bo‘ladi.