6 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 5 yanvar soat 20 dan 6 yanvar soat 20 gacha
05.01.2023
MUHIM HODISALAR
5-10 yanvarda O’zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish havfi bor.
6 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 5 yanvar soat 20 dan 6 yanvar soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi,
12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-4o iliq, kunduzi 8-10o iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 3° sovuqgacha,
kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, Navoiy viloyatining ayrim joylarida 25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida va Jizzax viloyatida ayrim joylarda 25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko’chish xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo’ladi.