23 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

23 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

23.07.2021

MUHIM HODISALAR

24-26 iyulda O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga, issiq ko‘tarilishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 4-6
° ga yuqori bo‘ladi.
Kunduz kunlari havo 40-43° gacha, janubda va cho‘l hududlarda 45-46° gacha isiydi.
25-27 iyulda respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan shamol
17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan
25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

22-23 iyul kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

23 IYUL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 35-40
° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 
38-40
° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-30° bo‘ladi.