3 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
03.01.2023
MUHIM HODISALAR
2023 yilning 3-4 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
3 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
3-4 yanvarda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
3-4 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish havfi bor.
3 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-30 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 2-7o iliq bo’ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumikn. Harorat 4-6o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 3o sovuq-2o iliq bo‘ladi.