2 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

2 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

02.01.2023

MUHIM HODISALAR

2023 yilning 2-4 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda.

2-3 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

3-4 yanvarda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

2-4 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish havfi bor.

 

2 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-30 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 2-7o iliq bo’ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3o sovuq-2o iliq bo‘ladi.