2 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 1 yanvar soat 20 dan 2 yanvar soat 20 gacha

2 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 1 yanvar soat 20 dan 2 yanvar soat 20 gacha

01.01.2023

MUHIM HODISALAR

2023 yilning 2-4 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. 
2-3 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
3-4 yanvarda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

2 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 1 yanvar soat 20 dan 2 yanvar soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat
1-3° sovuq, kunduzi 5-7° iliq bo‘ladi. 

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.\

XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, Navoiy viloyatining ayrim hududlarida 25-30 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.