1 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
01.01.2023
MUHIM HODISALAR
2023 yilning 2-4 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
2-3 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
3-4 yanvarda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
1 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-9o iliq bo’ladi.
Toshkentda Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3o sovuq-2o iliq bo‘ladi.