2-5 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
31.12.2022
2-5 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo oʻzgarib turadi, 2-3 yanvarda ba’zi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi. 4-5 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 3-5 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 2-3 yanvarda ba’zi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi. 4-5 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 3-5 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo’ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 2 va 5 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-4 yanvarda ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, 3 yanvarda Navoiy viloyatining ba’zi joylarida 25-30 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 2 yanvarda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 3-5 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, Navoiy viloyatining shimolida 2 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 3-5 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 2 va 5 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-4 yanvarda ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Jizzax viloyatining ba’zi joylarida 25-30 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 2 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 3 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 4 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 5 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 2 va 5 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-4 yanvarda ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 3 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 4-5 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 2 va 5 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-4 yanvarda ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2 yanvarda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 3-4 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 5 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, 2 va 5 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-4 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.