31 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
31.12.2022
MUHIM HODISALAR
2023 yilning 2-4 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
2-3 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
3-4 yanvarda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
31 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning qolgan xududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7o iliq bo’ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2o sovuq-3o iliq bo‘ladi.