TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT
30.12.2022
![TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT](/sites/default/files/styles/large/public/2022-12/shoshilinch_0.jpg?itok=vz0FdLWR)
2023-yilning 2-4-yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
2-3-yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol
17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
3-4-yanvarda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.