O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 30-DEKABR-1-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
30.12.2022
Mana 2022-yil poyoniga yetmoqda
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 4-9o iliqni tashkil etadi.
Ertaga Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida esa yog‘ingarchilik faqat kechasi bo‘lishi mumkin. respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2o sovuq-3o iliq, kunduzi 2-7o iliq bo‘ladi.
Yangi yil kechasi faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin.
1-yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qor yog‘adi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
Kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.
Dam olish kunlari tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yo‘llarda ehtiyot bo‘ling!
O‘zgidromet sinoptiklari O‘zbekistonning barcha aholisi va mehmonlarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaydi!
Yangi 2023-yil kutilmagan hodisalar, taqdir sovg‘alari, quvonchli voqealar, yorqin taassurotlar va baxtli uchrashuvlar bilan saxovatli bo‘lishini tilaymiz. Biz kirib kelayotgan yilning 365 kuni qalbingizda beg‘uborlik tuyg‘usi hukum surishini va har tong samimiy tabassum bilan boshlanishini tilaymiz! Mo‘jizalarga bo‘lgan ishonch sizni har doim ilhomlantirsin va qo‘ng‘iroqlar ostida qilingan tilaklar ertakdagi kabi oson va qiyinchiliksiz amalga oshsin!