29 DEKABR-1 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

29 DEKABR-1 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

27.12.2022

29 DEKABR-1 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 30 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-30 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 31 dekabr-1 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo’ladi.

XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 30 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-30 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 31 dekabr-1 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 29-30 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 31 dekabr-1 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 29-30 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 31 dekabrda kechga tomon ba’zi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo’ladi. 1 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 29-31 dekabrda 2-7° iliq, 1 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

SURXONDARYO VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. 30 dekabr-1 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 29-31 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 1 yanvarda ba’zi joylarda qor yog’adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 29-31 dekabrda 0-5° iliq, 1 yanvarda 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.