O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 26-30-DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
26.12.2022
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Turkmaniston hududidan nam va iliq havo kirib kelishida faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘adi, shimolda va cho‘l hududlarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 7-12o iliqgacha, ba’zi joylarda 15o iliqgacha ko‘tariladi.
28-dekabrda nam havo massasi janubiy viloyatlardan respublikaning markaziy hududlariga siljiydi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2o sovuq -3o iliq, kunduzi 5-10o iliq atrofida bo‘ladi.
29-30-dekabr kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam. Harorat kechasi 2o sovuq -3o iliq atrofida bo‘ladi, kunduzi harorat 2-7o iliqgacha pasayadi.
Rspublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman tushadi.
Ushbu haftada tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.