O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 23-25-DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 23-25-DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

23.12.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 23-25-DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha

asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududida sovuq antisiklon ta’siri saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida kuchsiz qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati 2-7o iliq, respublika shimolida 3o sovuq-2o iliq atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab respublikaning ayrim hududlariga tuman tushishi mumkin.

Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha sovuq havo massasining ta’siri saqlanib turadi, yakshanba kuni esa respublika hududidan sovuq havo chekina boshlaydi va kunduz kuni havo 7-10o iliqgacha, janubda 11-13o iliqgacha isiydi.