21 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21.12.2022

21 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida ertalab biroz qor yog‘adi. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8o iliq, shimolda 3o sovuq-2o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-7o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadivaqti-vaqti bilan qor yog’adi, tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3o sovuq-2o iliq bo‘ladi.