O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 19-23-DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
19.12.2022

Hafta o‘rtasida respublika bo‘yicha yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi,yomg‘ir qorga aylanadi.
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida ba’zi joylariga tuman tushadi. Havo harorati 7-10o iliq atrofida bo‘ladi.
Ertaga respublikaning katta qismida 7-10o iliq bo‘lgan harorat bilan quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq antisiklon kirib kelishi boshlanadi. Front kirib kelishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha biroz qor yog‘ishi kutilmoqda, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, havo harorati 0-3o iliqgacha pasayadi.
21-dekabrda sovuq antisiklon kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishida biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi 3o sovuq-2o iliq, kunduzi 3-8o iliq atrofida bo‘ladi. Respublika shimolida kechasi harorat 9-11o sovuqgacha kuchayadi, kunduz kuni 0-3o sovuqgacha pasayadi.
22-23-dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22-dekabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Harorat kechalari 2-5o sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5o iliqgacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha kechasi va ertalab tuman tushishi kutilmoqda.
21-22-dekabr kunlari yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.