O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 16-18-DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
16.12.2022
DAM OLISH KUNLARI HAVO ILIQ BO‘LADI!
Dekabr oyining boshida ob-havoni belgilagan sovuq antisiklon mamlakatimizni tark etdi.Nihoyat hududimizga iliq havo massalari kirib keldi, havo harorati keskin ko‘tarildi, qor butunlay erib ketdi.
Bugun ushbu holat saqlanib turadi, O‘zbekiston bo‘yicha quyoshli va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent viloyatida ba’zi joylarda shamol
15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunduzi havo 9-14° iliqgacha, ba’zi joylarda 16-18° iliqgacha isiydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4-5° yuqoridir.
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo harorat foni biroz pasayadi. Havo harorati kechalari 3o sovuq-2o iliqni, kunduzi shanba kuni 7-12o iliqni, yakshanba kuni 5-10o iliqni tashkil etadi va ushbu kunlarning me’yoriy qiymatlariga yaqin bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.