15-18 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
13.12.2022
15-18 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 16-17 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 18 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 15-16 dekabrda 2-7° iliq, 17 dekabrda 0-5° iliq, 18 dekabrda 2° sovuq-3° iliq bo’ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 15-17 dekabrda 9-14° iliq, 18 dekabrda 7-12° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, ba’zi joylarda 12-14° iliqgacha, 16 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, ba’zi joylarda 12-14° iliqgacha, 17-18 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-16 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 17-18 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 15 va 18 dekabrda 2-7° iliq, 16-17 dekabrda 5-10° iliq bo‘ladi.