O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 12-16 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
12.12.2022
USHBU HAFTADA HAVO ILIQLASHADI
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kunduzi havo 0-3o iliqgacha isiydi, faqat ba’zi joylarda biroz manfiy harorat saqlanib turadi.
Ertangi kundan boshlab antisiklon ta’siri asta-sekin kuchsizlashadi. Sovuq havo massasi nisbatan iliq havo bilan o‘rn almashadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib kechalari sovuq 0o gacha kuchsizlashadi, kunduz kunlari esa havo 7-10o iliqgacha, ba’zi joylarda 14o iliqgacha isiydi, bu haroratning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlariga yaqindir.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.
12-14 dekabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.