12 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

12 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

12.12.2022

MUHIM HODISALAR

12-14 dekabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish havfi bor.

 

12 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5o sovuq, ba’zi joylarda 3o iliqgacha bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog’adi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2o sovuq-3o iliq bo‘ladi.