10 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
10.12.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 10-12 dekabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida anomal past havo harorati: kechalari 5-10 sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida kechalari 17-22 sovuq, 10 dekabrda ba’zi joylarda 24 sovuqgacha, kunduz kunlari 4-9 daraja sovuq saqlanib turadi.
10 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5o sovuq, shimolda va cho’l hududlarda 4-9o sovuq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5o sovuq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi,
yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9o sovuq bo‘ladi.