O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 9-11-DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
09.12.2022
DAM OLISH KUNLARI SOVUQ SAQLANIB TURADI!
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi hali ham sovuq antisiklon ta’siri ostida bo‘ladi.
Bugun respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor yog‘adi, respublika janubida yomg‘ir va qor ko‘rishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 0-5o sovuq, shimolda va cho‘l hududlarda 4-9o sovuq atrofida bo‘ladi, bu ushbu kunning iqlimiy qiymatlaridan 8-10o ga pastdir.
Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida sovuq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 5-10o sovuq, kunduz kunlari 0-5o sovuq, shimolda va cho‘l hududlarda kechalari 17-22o sovuq,
10-dekabrda ba’zi joylarda 24o sovuqgacha, kunduz kunlari 4-9o sovuq atrofida bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.
Ehtiyot bo‘ling!