2022-yilning dekabr oyida sovuq ob-havo

2022-yilning dekabr oyida sovuq ob-havo

09.12.2022

2022-yilning dekabr oyida sovuq ob-havo

Dekabr oyining boshidan O‘zbekiston bo‘yicha juda sovuq ob-havo kuzatilmoqda, bunday havo hafta davomida saqlanib turadi.

Harorat anomaliyasi Shimoliy Yevroosiyoning deyarli barcha hududlarini egallagan juda kuchli antisiklon bilan bog‘liqdir.

Birinchi o‘n kunlik o‘rtasiga kelib, respublikaning markaziy hududlari bo‘yicha havo harorati kechalari 5-7o sovuqgacha, ba’zi joylarda
10o sovuqgacha, kunduz kunlari 3-5o sovuqgacha pasaydi.

Dekabr oyida juda sovuq ob-havo davrlari bizning hududimizda avval ham kuzatilgan. Bunday qiymatlargacha haroratning pasayishi bilan sovuqning qisqa muddatli to‘lqinlari deyarli har yili qayd etiladi. 2-3 yil ichida taxminan 1 marta sezilarli darajadagi sovuqlar ham kuzatilgan. So‘nggi 25 yil ichida dekabr oyida haroratning 10-15o sovuqgacha pasayishi, ba’zi joylarda esa, undan ham past bo‘lishi O‘zbekistonning Markaziy hududlarida 2002, 2003, 2006, 2007, 2010, 2012, 2014-yillarda qayd etilgan.

Bundan oldingi yillarda yanada ham kuchli sovuqlar kuzatilgan. Shunday qilib, Toshkentda 1920-yilning dekabr oyi boshida termometr ustuni 20o sovuqgacha tushgan. Toshkentda dekabr oyining mutlaq minimal harorati 29o sovuqni tashkil etadi, haroratning bunday qiymati 1930-yil 20-dekabr kuni kuzatilgan.

Eng qattiq sovuqlar, odatdagidek, respublikaning shimoliy hududlarida kuzatildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida harorat kechalari 15-20o sovuqgacha, ayrim shimoliy hududlarda esa 22-24o sovuqgacha pasaydi. Bunday harorat dekabr uchun yangi rekordlarni o‘rnatmadi. Respublika shimolida eng sovuq yillarning dekabr oyida minimal harorat 27-30o sovuqgacha pasaygan. Ayrim kechalarda harorat ba’zi joylarda ushbu sana uchun eng past qiymatlargacha pasaydi, ammo bu harorat rekordi emas.

Sovuq ob-havo keyingi haftaning boshigacha saqlanib turadi.
9-12 dekabr kunlari respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 5-10o sovuq, kunduz kunlari 0-5o sovuq, shimolda kechalari
17-22o sovuq, 9-10 dekabrda ba’zi joylarda 24o sovuqgacha, kunduz kunlari
4-9o sovuq atrofida bo‘ladi.

Ushbu kunlarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati shu davrning iqlim me’yorlaridan 7-12o ga past bo‘ladi. Shunday qilib, me’yor 4o iliq bo‘lganda Toshkentda o‘rtacha kecha-kunduzlik harorat 6-8o sovuqni tashkil etadi.