9 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

9 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

09.12.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 9-12 dekabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida anomal past havo harorati: kechalari 5-10 sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida kechalari 17-22 sovuq, 9-10 dekabrda ba’zi joylarda 24 sovuqgacha, kunduz kunlari 4-9 daraja sovuq saqlanib turadi.

 

9 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5o sovuq, shimolda va cho’l hududlarda 4-9o sovuq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5o sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9o sovuq bo‘ladi.