9 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI 8 dekabr soat 20 dan 9 dekabr soat 20 gacha

9 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI 8 dekabr soat 20 dan 9 dekabr soat 20 gacha

08.12.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 9-12 dekabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida anomal past havo harorati: kechalari 5-10 sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida kechalari 17-22 sovuq,
9-10 dekabrda ba’zi joylarda 24 sovuqgacha, kunduz kunlari 4-9 daraja sovuq saqlanib turadi.

8 dekabrda respublikaning tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.

 

9 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

8 dekabr soat 20 dan 9 dekabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8o sovuq, kunduzi 3-5o sovuq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22° sovuq, ba'zi joylarda 24° sovuqgacha, kunduzi 4-9° sovuq bo‘ladi.

XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 15-20°sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog’adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

QASHQADARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog’adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo’ladi.

SURXONDARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog’adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, tuman tushishi mumkin. Qor ko’chish xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°sovuq, kunduzi 4-9° sovuq bo’ladi.