22 IYUL KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI

22 IYUL KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI

22.07.2021

MUHIM HODISАLАR

22-23 iyul kunlari kutilayotgan mahalliy yomgʼirlar sababli, respublikaning togʼ oldi va togʼli hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

22 IYUL KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli boʼladi, baʼzi joylarda oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 34-39
°, shimolda, janubda va choʼl hududlarda 41-42° gacha boʼladi.

Toshkentda havo biroz bulutli boʼladi, vaqti-vaqti bilan oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38
° boʼladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo biroz bulutli boʼladi, baʼzi joylarda oʼzgarib turadi, togʼ oldi va togʼli hudularning baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʼir yogʼishi, momaqaldiroq boʼlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° boʼladi.