O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi
07.12.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida” PF-243-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tadbirlar zalida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Asosiy qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va axamiyatini keng targ‘ib qilish yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mexr va sadoqat ruxida tarbiyalash ishlariga munosib xissa qo‘shib kelayotgani uchun bir qator xodimlar "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi " esdalik nishoni bilan taqdirlanadilar.
Ushbu tadbirda yana bir ahamiyatga ega bo‘lgan Gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini gidrometeorologik va iqlimiy o‘zgarishlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, gidrometeorologiya xizmati infratuzilmasini modernizatsiya qilish, tizim faoliyatiga zamonaviy axborot hamda sun’iy yo‘ldosh texnologiyalarini joriy etish ishlariga katta hissa qo‘shgan, yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan xodimlarni “Gidrometeorologiya xizmati a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.