6 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

6 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

06.12.2022

MUHIM HODISALAR

6-8 dekabrda respublikaning tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.

 

6 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3o sovuq-2o iliq, shimolda 5-10o sovuq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ertalab tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3o sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7o sovuq bo‘ladi.