4 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI 3 dekabr soat 20 dan 4 dekabr soat 20 gacha
03.12.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 3-5 dekabr kunlari respublika hududiga sovuq havo kirib kelishi davom etadi. O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kechalari 4-7 sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3 daraja iliqgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida kechalari 10-13 sovuqgacha, kunduz kunlari 4-7 daraja sovuqgacha pasayadi.
4 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI 3 dekabr soat 20 dan 4 dekabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz qor yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° sovuq, kunduzi 0-2° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, ba'zi joylarda 15-20° sovuqgacha, kunduzi
2-7° sovuq.
XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, ba'zi joylarda 15° sovuqgacha, kunduzi
0-5° sovuq.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ayrim joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°sovuq, kunduzi 0-5° iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 12-17°sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo’ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti qor yog‘adi. Ba'zi joylarga tuman tushdi. Shamol shimoli-sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo’ladi.