USHBU YILNING OXIRGI OYI

USHBU YILNING OXIRGI OYI

01.12.2022

USHBU YILNING OXIRGI OYI

Dekabr oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

 

Dekabr – qishning birinchi oyi, bu faslni ko‘pchilik qor va sovuq bilan bog‘laydi.

Ushbu dekabr oyida ob-havo haqiqatan ham qishki bo‘ladimi yoki so‘nggi yillarda dekabrda kuzatilayotgan iliq darajali ob-havo bilan hukmronlik qiladimi?

Bu yilning dekabr oyi nisbatan sovuq havo bilan boshlanadi.
1-dekabrdan haroratning pasayishi boshlandi va 3-5-dekabrga kelib respublika hududining katta qismida termometr ustuni kechalari
4-7o sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3o iliqgacha, ba’zi joylarda 1-2o sovuqgacha, shimolda kechalari 10-13o sovuqgacha, kunduz kunlari 4-7o sovuqgacha pasayadi.

Hatto respublikaning eng janubiy qismida ham sovuq bo‘ladi, harorat kechalari 0-2o sovuqgacha, kunduz kunlari 3-6o iliqgacha pasayadi.

Sovuq ob-havo deyarli dekabr oyining birinchi o‘n kunligi oxirigacha saqlanib turadi.

Respublika bo‘yicha 5-dekabrgacha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 5-10-dekabr kunlari davrida respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlari bo‘yicha ayrim kunlarda qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Dekabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan fonda havo harorati kechalari 2-7o iliqdan
2-7o sovuqgacha, kunduz kunlari 10-15o iliqdan 2o sovuq-3o iliqgacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, o‘tgan 2021-yilning dekabr oyi oxirgi
20 yil ichida eng iliq yil bo‘ldi. Ushbu davr uchun 2002, 2011 va
2020
-yillarning dekabr oylari esa eng sovuq bo‘ldi.

Toshkentda so‘nggi 20 yil ichida dekabr oyidagi eng iliq kunlarda havo harorati 20-23o iliqgacha ko‘tarilgan, eng sovuq davrlarda esa harorat kechalari 12-15o sovuqgacha pasaygan edi.

Taqqoslash uchun shuni aytish mumkinki, meteorologik kuzatuvlarning barcha davrlari (150 yildan ko‘p) uchun Toshkentda eng past harorat
20-23o sovuqni tashkil etgan, 1930-yilning dekabr oyida esa 27-29o sovuqgacha bo‘lgan.