1 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

1 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

01.12.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 1-5 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib keladi.

3-5 dekabrga O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kechalari 4-7 sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3 daraja iliqgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida kechalari 10-13 sovuqgacha, kunduz kunlari 4-7 daraja sovuqgacha pasayadi.

1 dekabrda respublikaning tog’li hududlarida qor ko’chish havfi bor.

 

1 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7o iliq, shimolda
0-5
o sovuq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5o sovuq bo‘ladi.