O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 2-5 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
30.11.2022
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA
2-5 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 3-5 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, Ustyurtda 15° sovuqgacha, kunduzi 2-7° sovuq bo’ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 3-5 dekabr kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-5 dekabrda 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 3-5 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 3-5 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, 2 dekabrda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomg’ir,qor) bo’ladi. 3-5 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo’ladi.