1 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI 30 noyabr soat 20 dan 1 dekabr soat 20 gacha

1 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI 30 noyabr soat 20 dan 1 dekabr soat 20 gacha

30.11.2022

MUHIM HODISALAR

30 noyabr va 1 dekabrda respublikaning tog’li hududlarida qor ko’chish havfi bor.

1 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

30 noyabr soat 20 dan 1 dekabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-1° iliq, kunduzi 3-5° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; Ustyurtdа kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Harorat kechasi 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq, Navoiy viloyatining shimolida  kechasi 2-7°sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2°sovuqgacha, kunduzi 2-7° iliq bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8°sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.