O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 1-4 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 1-4 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

29.11.2022

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA

1-4 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 4 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; Ustyurtda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo’ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 2 dekabr kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 3-4 dekabr kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 1 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomg’ir,qor) bo’ladi. 2-4 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 2-4 dekabr kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 2 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 3-4 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 1 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomg’ir,qor) bo’ladi. 2-4 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 2 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 3-4 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, 1-2 dekabrda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomg’ir,qor) bo’ladi, 1 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin. 3-4 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 2-4 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo’ladi.