Milliy gidrometeorologiya xizmati rahbarlarining yillik muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi

Milliy gidrometeorologiya xizmati rahbarlarining yillik muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi

28.11.2022

Milliy gidrometeorologiya xizmati rahbarlarining yillik muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi

Joriy yilning 24-25-noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida Milliy gidrometeorologiya xizmati rahbarlarining yillik muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda O‘zgidromet Bosh direktori Sh.Khabibullayev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Yig‘ilishning maqsadi: O‘rta Osiyoda gidrometeorologiya sohasini takomillashtirish, modernizatsiya qilish, ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, hamda yirik loyihalarni amalga oshirish va ushbu loyihalar doirasida mutaxassislarni malakasini oshirish, avtomatik stansiyalar sonini oshirish va uzoq muddatli prognozlarni takomillashtirishdan iborat bo‘ldi. Yig‘ilishda Jahon banki hamda, Butun Jahon Gidrometeorologiya markazi vakillari ishtirok etdilar.

Milliy gidrometeorologiya xizmati rahbarlarining yillik muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi doirasida O‘zgidromet Bosh direktori Sh.Khabibullayev va Qazgidromet rahbari Dinara Alibayeva Markaziy Osiyoda jumladan, O‘zbekistonda gidrometeorologiya xizmatlarini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muhokama qildilar.

Mazkur loyiha doirasida, O‘zbekistonda faqat mintaqaviy qismini rivojlantirish uchun grant loyihalar amalga oshirilgan, jumladan:

— Mintaqaviy o‘quv markazini (texnikum) avtomatik meteorologik va gidrologik o‘lchov uskunalari bilan jihozlanganligi,

40 Tflops quvvatga ega superkompyuter tizimi ishga tushirildi va ushbu davr mobaynida 100 dan ortiq mutaxassis xodimlarni malaka bilimlari oshirilganligi va bir qator ishlar amalga oshirilganligi, yutuqlarga qanday erishilganligi, uning yo‘llarining yechimlari muxokama qilindi.

Milliy gidrometeorologiya xizmati rahbarlarining yillik muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi doirasida O‘zgidromet Bosh direktori Sh.Khabibullayev Qozog‘istonning "VK Project" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Moksheev Aleksandr Yuriyevich bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Ushbu korxona 2013-yilda tashkil etilgan bo‘lib hozirgi kunda asosiy yo‘nalishi yuqori texnologiyali uskunalar va aksessuarlarni yetkazib berishdan iborat. Atmosfera va gidrosferaning aerofizik va aerokimyoviy parametrlarini kuzatish tizimlari, ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash bo‘yicha yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda katta tajriba to‘plangan, dunyo tanigan korxonalardan biri hisoblanadi.

Yig‘ilish doirasida O‘zgidromet Bosh direktori Sh.Khabibullayev "SKYMAX INNOVATIONS" hamda, "SKYMAX TEChNOLOGIES" kompaniyalari rahbari Erik Shortanbayev hamda, Aleksandr Monastirenko lar bilan bilan muzokaralar o'tkazdi.

Ma'lumot uchun ushbu kompaniyalar dunyo aviatsiyasi hamda gidrometrologiya sohasida texnik qurilmalar yetkazib berish hamda, ularning servis xizmatlari bilan shug'ullanib kelmoqdalar. Hozirgi kunda PHILIPS, VAISALA, SPICA, ADB SAFEGATE, ASSA ABLOY va boshqa dunyoga mashhur gidrometrologiya va aviatsiya sohasidagi kompaniyalar bilan hamkorlik qilishadi.