Noyabr oyidagi iliq kunlar

Noyabr oyidagi iliq kunlar

25.11.2022

Noyabr oyidagi iliq kunlar

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha havo keskin isiydi. 22-noyabrdan Turkmaniston hududidan respublika hududiga quruq va iliq havo kirib kelishi boshlandi.

Havo harorati kundan-kunga ko‘tarildi va 25-noyabrga kelib hududning katta qismida harorat 18-20o iliq, ba’zi joylarda 22-24o iliqgacha bo‘lgan qiymatlarga yetdi. Bunga o‘xshash harorat foni so‘nggi marta 2017 va 2021- yillarda kuzatilgan edi.

Kunduzgi harorat me’yordan 4-7o ga yuqori, ammo bu ushbu kunlarning mutlaq maksimal haroratidan past bo‘ldi. Eng issiq noyabr oylarida ushbu sanalarda havo 26-28o gacha isigan.

Noyabr oyi uchun bunday yuqori harorat qiymatlari O‘zbekistonning barcha hududlarida kuzatilmagan. Shu kunlarda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tuman kuzatilgan, u havo isishiga to‘sqinlik qildi. 22-23-noyabr kunlari maksimal harorat 10-12o iliqni tashkil etdi, faqat 25-noyabr kuni vodiyda ba’zi joylarda havo 14-16o iliqgacha isidi.