19 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 18 noyabr soat 20 dan 19 noyabr soat 20 gacha
18.11.2022
MUHIM HODISALAR
18-22 noyabrda respublikaning tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.
19 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
18 noyabr soat 20 dan 19 noyabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTONRESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg’ir yog’adi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg’ir yog’adi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg’ir yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo’ladi.