18 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.11.2022

MUHIM HODISALAR

18-22 noyabrda respublikaning tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi bor.

 

18 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarrida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17
o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-16o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8o iliq bo‘ladi.