O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 18-20-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
18.11.2022
Bugun respublika hududiga janubiy siklon kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida yomg‘ir kuchsiz, janubiy va markaziy hududlarda esa birozdan o‘rtachagacha yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinshidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 14-17o iliqgacha isiydi, bu ushbu kunning me’yoriy qiymatlariga yaqindir.
Ertaga respublikaning katta qismida yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi sababli ko‘rinuvchanlik yomonlashishi mumkin. Ayrim hududlarda shamol 15-20 m/s gacha esishi davom etadi. Havo harorati kechasi 5-10o iliq, kunduzi 10-15o iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechasi 3-8o iliqni, kunduzi 10-15o iliqni tashkil etadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.