TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

17.11.2022

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

2022-yil 18-22-noyabr kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida,jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;Jizzax viloyati: Zomin tumani

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq,tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;

Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.

Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.