16 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
16.11.2022
MUHIM HODISALAR
16 noyabr Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi, ayrim joylarda kuchli yogʻingarchiliklar kuzatiladi. Shu bilan birga, togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
16 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2-7o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5o iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 0-5o sovuq bo‘ladi.